
Mubashshir Ahmad ishi: uchinchi mahkamada Alisher Tursunov ko‘rsatma berdi
15.09.2025 | 23:2019581
15 sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar, Uchtepa tuman sudida Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy ulamo, “Azon global “ internet nashri asoschisi Alisher Tursunovga nisbatan ko‘rilayotgan jinoyat ishining uchinchi sud majlisi davom ettirildi.

Vaqt.uz muxbiriga ko‘ra, bugungi mahkamada asosan Alisher Tursunovning ko‘rsatmalari tinglangan. U majlis davomida shuningdek, sudya Bobur Rahimov, tuman prokurori o‘rinbosari Erkin Narzullayev hamda Abdulloh Sodiq boshligidagi advokatlar jamoasi savollariga ham javob qaytargan.
Videoni YouTubeʼda tomosha qiling:
👉https://youtu.be/EIp9ctZL9xc





