add

Muhammadali O‘rinboyev Belgiya klubiga o‘tdi

07.07.2025 | 19:558353

Toshkentning «Paxtakor» klubi tarkibida tanilayotgan, Angliyaning "Brentford" klubida o‘ynab kelgan 20 yoshli hujumchi Muhammadali O‘rinboyev endi Belgiya vakili "Antverpen" klubiga o‘tdi.

Muhammadali O‘rinboyev Belgiya klubiga o‘tdi
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi klub bilan 4 mavsumlik shartnomaga imzo chekkan. Uning transferi «Antverpen» matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi. O‘rinboyev «Paxtakor» bilan birgalikda uch marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi sifatida so‘nggi U-20 Osiyo Kubogida 4 ta gol bilan to‘purarlik maqomini qo‘lga kiritgan. «O‘rinboyev O‘zbekistonning rekordchi chempioni – “Paxtakor” Toshkent klubidan kelib qo‘shildi. U bu jamoa bilan jami uch marta chempionlikni qo‘lga kiritgan. U, shuningdek, yoshlar terma jamoasi a’zosi bo‘lib, yaqinda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo Kubogida 4 ta gol bilan to‘purar bo‘lgan. Xush kelibsan va omad tilaymiz, Muhammadali!», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida. 2024 yilgi mavsumda «Paxtakor» safidagi 14 o‘yinda 5 ta gol urgan va 3 ta golli pas uzatgan futbolchi uchun bu transfer Yevropa futbolidagi yangi sinovlar boshlanishi hisoblanadi. https://www.instagram.com/p/DLzvHC6oWPi/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MWpvdnM5aXQ0OXhhNg%3D%3D

Teglar

Mavzuga oid