add

Mustaqillikning 34 yilligi bayrami arafasida fidoyilar mukofotlandi

23.08.2025 | 20:30244431

O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jurnalistika va boshqa sohalarda faollar davlat mukofotiga loyiq topildi.

Mustaqillikning 34 yilligi bayrami arafasida fidoyilar mukofotlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni mamlakat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ko‘plab fidoiy fuqarolarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unda turli sohalarda ulkan yutuqlarga erishgan va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan shaxslar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan. Farmonga ko‘ra, diniy-ma’naviy soha vakillaridan tortib san’atkor, olim, shifokor, jurnalist hamda sportchilargacha bo‘lgan keng doiradagi yurtdoshlarimiz davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazar «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlandi. Shuningdek, kino va teatr arboblari, soha yetakchi artistlari «O‘zbekiston xalq artisti» unvonini oldi. Farmonda ta’lim, ilm-fan, sport va jurnalistika sohalarida faoliyat yuritayotgan yuzlab fuqarolarning ham mehnati munosib baholangan. Bu kabi e’tiroflar nafaqat shaxsiy faoliyatga, balki butun jamiyat ravnaqiga xizmat qiluvchi muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Taqdirlanganlar ro‘yxati:   «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan Xoliqnazar Nuriddin Mirzahamdam o‘g‘li — O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy   «Imom Buxoriy» ordeni bilan Abdullayev Abdulhay Boltaboyevich — O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi dotsenti Abdullayev Xayrulla Ibodullayevich — Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Alimov Mirzamaxsud Hotambekovich — Andijon viloyati bosh imom-xatibi Sayfiddinov Rahmatulla Habibulayevich — Toshkent shahar Yunusobod tumani «Minor» masjidi imom-xatibi Yunusov Abduqahhor Rixsiboyevich — Toshkent shahar bosh imom-xatibi, Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi   «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan Mirhodiyev Karim Husanovich — O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kino va teatr aktyori Rametova Saida Hojiyevna — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Sayidov Tohir Samandarovich — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori   «O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan Baybosinov Sarsenbay Bazarbayevich — J.Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati rangtasvir fani o‘qituvchisi, rangtasvirchi rassom   «O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan Genjemuratov Baxtiyar Allambergenovich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon   «O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan Normatov Feruzbek Ro‘zimboyevich — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi, baxshi   «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan Ahmedova Zarina Ahmedovna — O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Navro‘z» ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, baletmeyster Berdiyev Ilhombek Yuldashevich — O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori Poziljonov Jahongir G‘ayratovich — «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi Ro‘zmetov Otabek Avazmatovich — O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi balet artisti   «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan Xodjayev Ablat — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i Sheraliyeva Tatyana Turg‘unovna — Farg‘ona viloyati innovatsion madaniyat markazi direktori   «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan Bo‘tayeva Farida Qo‘ziyevna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoira Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri   «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan Ermatov Husan Tohirovich — «Ishonch» va «Ishonch-Doverie» gazetalari bosh muharriri   «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan Vlasova Liliya Vildanovna — Gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi Dostonov Alimardon Maxmur o‘g‘li — Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks bo‘limi murabbiysi   «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan Ikromova Taxmina Izatulloyevna — Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi   «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan Akbarov Mirshavkat Miralimovich — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining gepatobiliar jarrohlik va transplantologiya bo‘limi rahbari, jarroh   «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan Ro‘zioxunov Rahmatjon Tursunovich — Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiysi Toshmatov Ma’murjon G‘aniyevich — O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Davlat jaz orkestri badiiy rahbari   «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Abdullayev Nasrulla Jalilovich — O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori o‘rinbosari Akbarova Farida Shorahimovna — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi «Bo‘ston sanatoriysi» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati Asqarov Ibrohim Raxmanovich — Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi professori Otaxonova Hakimaxon — O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri yetakchi sahna ustasi Botirov Nizomidin Fayzullayevich — Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Rahmonov Vahob — Guliston davlat universitetining o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti Rahmatov Mirvohid Mirahmatovich — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganchkor usta, Toshkent shahri Soatov Tal’at — O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti laboratoriya mudiri Tojiyev Qilich Musajonovich — Oltiariq tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, xonanda, Farg‘ona viloyati Xolmedov Mirzatilla Nig‘matovich — O‘zbekiston davlat satira teatri direktori, badiiy so‘z ustasi   «Do‘stlik» ordeni bilan Abdullayev Rajabboy To‘rayevich — Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, do‘ppido‘z, Andijon viloyati Akbarov Abdulla Maxsutaliyevich — Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri artisti, badiiy so‘z ustasi, Farg‘ona viloyati Arzuova Nabiyra — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Baymuratova Irina Viktorovna — Angren shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati Barasheva Svetlana Muxtarovna — Samarqand viloyati rus drama teatri oliy toifali artisti Begmatov Xayriddin Xoliqulovich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Samarqand viloyati Boynazarov Farhod Erkinovich — Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori Borchaninov Kirill Valerevich — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti Buvayev Vahobjon Sodiqovich — Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Namangan viloyati Jo‘rayev Erkin Zayniyevich — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom, Buxoro viloyati Yo‘ldoshev Shuhrat Temirovich — «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi Qudaynazarov Amangeldi Aydarbekovich — Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri sahnalashtiruvchi rejissyori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurbonov Shukurjon — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Latipov Azizxon G‘aybullayevich — Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti Mahkamov Baxtiyor Mirxodiyevich — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, dastgohli rangtasvirchi rassom Mahkamov Tohir Turg‘unovich — «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi Farg‘ona viloyati bo‘limi xonandasi Mustafoyev Suyundik — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Muhammedov Davlat Qodirovich — Xorazm viloyati «Al-Amal Ijod» xususiy korxonasi ganch o‘ymakor ustasi Muxtarov Ildar Askadovich — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi Omar-Mun Yasmina Xalidovna — Uchtepa tumanidagi 16-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, xonanda, Toshkent shahri Rajabova Yulduz Shamshiddinovna — teatr va kino aktrisasi Sultanov Allabergan Durdiyevich — Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining kitoblarni saqlash bo‘limi mudiri Tajimuratova Uljan Turdimuratovna — Toshkent shahri Oliy sport mahorati maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiysi Taraskin Aleksandr Andreyevich — Toshkent shahridagi «Smart school» nodavlat ta’lim muassasasining biologiya fani o‘qituvchisi Turg‘unov Tohir Mirxasimovich — O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli oliy toifali artist-sozandasi Usmonov Ahrorjon Xolmatovich — O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Haji Akbar Aysa — Shinjon tibbiyot universiteti rektori, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizik-kimyoviy texnika institutining akademik direktor o‘rinbosari Xametov Rustam Raufovich — «O‘zbeksirk» davlat muassasasi direktori o‘rinbosari, sirk artisti Hamrayeva Nadira Mixaylovna — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti Xolmatova O‘g‘iloy Sultonovna — Bekobod tumani madaniyat bo‘limining «Nilufar» folklor maktabi badiiy rahbari, Toshkent viloyati Xolmirzayev Boir Mirzaaliyevich — O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor Husanov Mirabzal Zoirovich — O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, bastakor Husanova Nigora Qahramonjonovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi katta o‘qituvchisi Ergasheva Barno Baxtiyarovna — «Tomosha» bolalar musiqiy teatr-studiyasi bosh baletmeysteri Yuldasheva Lola Ravshanbekovna — «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi   II darajali «Salomatlik» ordeni bilan Ahmedov Xoliyor Ergashevich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali 1-jarrohlik bo‘limi shifokor-jarrohi Dadayev Xurshid Hamidjanovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining neyrojarrohlik jonlantirish bo‘limi mudiri Janabayev Baxtiyor Bazarbayevich — Toshkent davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘lim mudiri Masharipov Qadambay — Urganch davlat tibbiyot institutining nefrologiya, gemodializ, travmatologiya va ortopediya kafedrasi dotsenti Mirzayeva Zohida Jo‘rayevna — Olmazor tumanidagi 15-oilaviy poliklinikasi hamshirasi, Toshkent shahri Sodiqova Nasiba Ahmadovna — Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Xatirchi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi navbatchi feldsheri Yoriyev Alijon Ravshanovich — Guliston shahridagi «Ravshan davolash maskani» xususiy klinikasi jarrohi, Sirdaryo viloyati   II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan Yodgorov Zavqiddin Rasulovich — Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri bosh rassomi Yoqubova Halima Jo‘rayevna — Muborak tumanidagi «Sheyx» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori Qodirov Ramz To‘robovich — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti Mannopova Oydinxon Sultonaliyevna — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining ijrochi direktori Pirmatova Nodira Yigitaliyevna — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi mudiri, xonanda Suyarqulov Sherali Rustambekovich — Farg‘ona davlat universitetining aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor o‘simliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi Teshaboyev To‘lqin Zokirovich — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Tog‘ayeva Gulandom Jumayevna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Toshkent viloyati Xoliqova Muhabbat Shodiyevna -Termiz shahridagi 2-oilaviy bolalar uyi rahbari, Surxondaryo viloyati   «Sog‘lom turmush» medali bilan Abduvaitova Larisa Aminjanovna — Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi bosh hamshirasi Qutbiddinova Naima Abduqayumovna — Uychi tumanidagi «Yorqatay» oilaviy shifokorlik punkti tibbiy brigadasi doyasi, Namangan viloyati Safarova Guljahon Safarovna — Oqdaryo tumanidagi «Uzun» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati   «Kelajak bunyodkori» medali bilan Do‘smatova Mushtariy Yigitaliyevna — O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Shodlik» ansambli balet artisti Kamolxo‘jayeva Shukronaxon Ahmadillo qizi — Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli balet artisti Qosimova Iroda Jahongir qizi — «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasi artisti Matveyeva Darina Sergeyevna — «O‘zbeksirk» davlat muassasasi oliy toifali artisti Norov Feruzbek Izzatulloyevich — O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli maqomchisi Nurmatova Shohidaxon O‘rmonjon qizi — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti Piyazov Aqilbek Burkit uli — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti Sarsenbayeva Inkar Alpisbayevna — Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi Elmurodzoda Ulug‘bek Ahmadjon o‘g‘li — Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri oliy toifali artist-maqomchisi   «Shuhrat» medali bilan Abdullayev Ravshan O‘ktamovich — Yangiobod tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati Abdullayev Rasuljon Rustamjon o‘g‘li — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining davlat xor kapellasi oliy toifali xor artisti Abdurahimov Faxriddin Sodiqovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahalla» teleradiokanali radio loyihalar muharririyati bosh muharriri Absamatov Muhiddin Ismatovich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Akramov Mahammadziyo Ravshanbek o‘g‘li — «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi Ahmedova Nasiba Seydahmetovna — Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, o‘yinchoqlar yasovchi usta, Toshkent shahri Bahromova Dilnoza Eshmirzayevna — Samarqand viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi paradzyudo bo‘yicha murabbiysi Bekmetov Boltaboy — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon, Xorazm viloyati Vaisov Mansurbek Egamberganovich — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Valatina Viktoriya Sergeyevna — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Munojot» raqs ansambli balet artisti G‘aybullayev G‘ulom Saydalimovich — Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining agrobiologiya fakulteti dekani Gulmurotov Dilmurod Sayitmurotovich — Guliston tumanidagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati G‘ulomjonov Qahramon Rustamjon o‘g‘li — «Havas» oilaviy guruhi xonandasi Jo‘raboyeva Dilfuzaxon Mamunjonovna — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Shodlik» ansambli bosh baletmeysteri Do‘stmuhammedov Tohirjon Jo‘rayevich — O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasining ijodiy bo‘limi boshlig‘i, teatrshunos Jumayev Turg‘un Po‘latboyevich — Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri aktyori Imomova Shahribonu Komilovna — «Guliston» va «Teatr» jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri Kattaboboyev Sherzod Muhiddinovich — Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri oliy toifali drama artisti Mahmudov Nodirjon Qobiljonovich — «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati katta muxbiri Mahmudova Farangiz Nuridin qizi — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi o‘qituvchisi, sozanda Mirzayev Dilmurod Valijonovich — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Milliy karnay-surnay guruhi badiiy rahbari Mirzayeva Kamila Baxtiyor qizi — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Navro‘z» ansambli balet artisti Mo‘minov Lochinbek Nuriddin o‘g‘li — O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti Musabekov Dilshod Komilbekovich — «Dizayn PRO» mas’uliyati cheklangan jamiyati aktyori Muhammedjonov G‘ulomjon Ibrohimovich — Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli artist-sozandasi Nabiyev Abduraufbek Abdurazzoq o‘g‘li — «Rapid Company» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, rejissyor Rajabov Xayrullo Sa’dulloyevich — Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining diagnostika bo‘limi shifokori Raimqulov Azamat Kenjaboyevich — O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti Rahmonova Gulasal Itolmasovna — Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti Rahmonova Go‘zal Shavkatovna — O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti Sayburhonov Zafarbek Obidjonovich — Andijon viloyati musiqali drama teatri aktyori Seytxalilova Maftuna Ahatovna — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining «Tumor» ansambli balet artisti Toshev Davlat Bo‘ronovich — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom Tugalov Botir Bahromovich — Samarqand viloyati musiqali drama teatri direktori Umarov Mirzayunus Jo‘rayevich — Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakori, Farg‘ona viloyati Hamdamova Odinaxon Arabboy qizi — Para velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Haydarov Ilhomjon Ergash o‘g‘li — «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi rejissyori Choriyev Nurilla Ortiqovich — «Yoshlik» jurnali bosh muharriri, yozuvchi Sharipov Andrey Mirsameyevich — O‘zbekiston triatlon federatsiyasi sportchisi Elliyeva Dildora Anvarovna — Jondor tumanidagi 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Buxoro viloyati

Teglar

Mavzuga oid

Mustaqillikning 34 yilligi bayrami arafasida fidoyilar mukofotlandi | Vaqt.uz