Mutlaq kambag‘allik, martdagi metansizlik va homiysiz qolgan futbol klublari | «AVVAL IQTISOD...» #12
Iqtisodchi Otabek Bakirov bilan iqtisodiy tahliliy ko‘rsatuvning navbatdagisida minimal iste’mol xarajatlari, hokim yordamchilari va naqdsiz to‘lovlar istiqboli hamda boshqa mavzular tahlil qilindi.
Kambag‘allik darajasi minimal iste’mol xarajatlari manipulyatsiyasi orqali 2,8 foizga tushiriladimi? Minimal iste’mol xarajatlari degani — bu o‘zi mutlaq kambag‘allik chegarasimi?
Ko‘rsatuv tanaffusga chiqqan chog‘da ro‘y bergan o‘zgarishlar tahlil: Hokim yordamchilari muammoli kreditlarni undirishdan bonus oladi; Korrupsiyani qabul qilish reytingida pasayish yuz berdi; Deklaratsiyalash qonuni yana yo‘q; Boshqaruv kompaniyalari to‘lovi elektrga bog‘landi.
Bahor keldi, ammo metan kelmadi. Martning salqin kunlarida vodiy «zapravka»lari yana metansiz qolmoqda. Toshkent shahri va boshqa hududlarda cheklovlar amalda. Energetika vazirligi va «Hududgazta’minot» esa mart oyi ham sovuq kelgani sababli 15 kunlik limit joriy qildi. «O‘zbekneftgaz» esa futbol klublari homiyligidan voz kechmoqda.
R2R nazorati va naqdsiz to‘lovlar istiqboli, endi nima bo‘ladi. «Ixtiyoriylik» niqobi ostida kartadan karta pul ko‘chirishda to‘lov maqsadini joriy qilish tobora oshib borayotgan naqdsiz to‘lovlarning qisqarishiga, odamlarni yana naqd to‘lovlarga qaytarish uchun xizmat qiladi.
Yosh oilalarga imtiyozli kreditlar beriladigan bo‘ldi. Imtiyoz qanday ishlaydi? Barchagami yoki faqat «tanlanganlar»ga?
Teglar






