
Myanmada tunnel qazib zargarlik do‘konni tunagan erkak qo‘lga olindi
12.10.2025 | 10:0213383
Myanmada erkak 9 kun davomida yer ostidan tunnel qazib, zargarlik do‘konga kirib 4 kg tilla o‘g‘irladi. Politsiya uni 3 kun ichida qidirib topgan.

Myanmada noodatiy va kinokomediyaga o‘xshash o‘g‘irlik holati aniqlandi — erkak yer osti tunneli orqali zargarlik do‘konga kirib, bir necha million dollarlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Shin Chew Daily xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘ri to‘qqiz kun davomida yashirincha tunnel qazib, uning zargarlik do‘konining savdo zalidan teshib chiqqan. Shu yo‘l bilan u 4 kilogramm atrofida tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan.
Politsiya ma’lum qilishicha, u kunduzi avtoyuvish maskanida ishlagan, kechasi esa tunnel qazish bilan mashg‘ul bo‘lgan — bu ishni faqat yomg‘ir yo‘q kunlarda shug‘ullangan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u do‘kon yonidagi yer osti kommunikatsiya tizimini ko‘rib, bunday usulni «aqlli va ijodiy yo‘l» deb hisoblagan.
Tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, u o‘g‘irlangan tilla taqinchoqlarning 551 grammini 50 dollarga sotgan va bu mablag‘ga yangi mobil telefon sotib olgan. Biroq shundan uch kun o‘tib, politsiya uni aniqlab, qo‘lga olgan.
Hozir tergov ishlari davom etmoqda. Huquq-tartibot idoralari erkakning oltinni kimlarga sotgani va qolgan qismi qayerda ekanini aniqlamoqda.





