add

NAII va CAFA o‘rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi

06.09.2025 | 20:3013682

2025 yil 4 sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Investitsion Institutlar Milliy Assotsiatsiyasi (NAII) va Markaziy Osiyo fond birjalari assotsiatsiyasi (CAFA) o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.

NAII va CAFA o‘rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi
Ushbu hujjat ikki tashkilot o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash,investitsiya bozorini rivojlantirish,tajriba almashish va tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Memorandum aksiyalar va obligatsiyalar bo‘yicha bitimlarning shaffofligini oshirish va qat’iy nazoratni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, mahalliy va xalqaro investorlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. NAII vakillari ta’kidlaganidek, bu kelishuv moliya bozorini global standartlarga yaqinlashtiradi va ishonchni oshiradi. CAFA vakillari ham hududiy bozorlar integratsiyasini ta’kidladi. Ushbu hamkorlik O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda moliyaviy markaz sifatida mustahkamlab, raqamli iqtisodiyot va shaffof investitsiya muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid