add

Najmiddin Qosimxojiyev jahon chempioni bo‘ldi

30.10.2025 | 19:297891

Final bellashuvida u braziliyalik Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Edibal Pontesga qarshi ringga chiqdi.

Najmiddin Qosimxojiyev jahon chempioni bo‘ldi

Xitoyda o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasidagi Taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Najmiddin Qosimxojiyev (-74 kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

qosmov 2

Qayd etilishicha, Najmiddin Qosimxojiyev finalda braziliyalik Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Edibal Pontesni mag‘lub etib, erkaklar taekvondosida 10 yil kutilgan chempionlikni taqdim qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi taekvondo WT bo‘yicha Usi-2025 Jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan nihoyasiga yetkazdi.

Teglar

Mavzuga oid

Najmiddin Qosimxojiyev jahon chempioni bo‘ldi | Vaqt.uz