
Namangan va Sirdaryoda yangi hokimlar tayinlandi
Namangan viloyatining ikki tumaniga, Sirdaryoda esa Boyovut tumani va Shirin shahriga yangi hokimlar tayinlandi.

Yilning so‘nggi kunlarida Namangan viloyatining ikki tumaniga, Sirdaryoda esa Boyovut tumani va Shirin shahriga yangi hokimlar tayinlandi.
Adham Qoraboyev Yangi Namangan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Namangan filiali bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Abdullayev Muzaffar Abdug‘aniyevich Namangan viloyati Uychi tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Namangan viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida
Sirdaryo viloyati Shirin shahriga Dilfuza Qambarova hokim etib tayinlandi. U bungacha «Xalq banki» Sirdaryo viloyati mintaqaviy markazida ishlagan. Bu tayinlovga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan Hazratqulov Niyoz Nomozboyevich Boyovut tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.





