add

Namanganda poyezd va Gentra to‘qnashuvida olti kishi halok bo‘ldi

14.09.2025 | 16:0048593

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida nazoratsiz temir yo‘l kesishmasida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi bir oilaning hayotiga zomin bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. Vaqt.uz muxbiri «O‘zbekiston temir yullari» AJ matbuot kotibi bilan bog‘landi.

Namanganda poyezd va Gentra to‘qnashuvida olti kishi halok bo‘ldi
13 sentyabr kuni Chortoq va Uychi bekatlari orasidagi qo‘riqlanmagan temir yo‘l kesishmasida Gentra avtomobili poyezd bilan to‘qnashdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan o‘tib ketishga urinib, fojiaga sababchi bo‘ldi. Hodisa nazorat o‘rnatilmagan temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgani ma’lum qilinmoqda. Qayd etilishicha, poyezd harakatini to‘xtatishga yoki ogohlantirishga mo‘ljallangan himoya vositalari bu joyda mavjud bo‘lmagan. Mashinada besh nafar ayol va bir kichik yoshli bola bo‘lgan. Kuchli zarba oqibatida avtomobildagi barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi. «Poyezd mashinistlari shoshilinch tormoz bergani bilan to‘qnashuvning oldini olish imkoni bo‘lmadi. Voqea natijasida poyezdga ozgina texnik zarar yetdi» deya xabar berdi «O‘zbekiston temir yullari» AJ matbuot kotibi Alisher Boltaboyev. Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr kuni Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 «Toshkent—O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 93-kilometrida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi qurbonlari soni 13 nafarga yetdi.

Teglar

Mavzuga oid