add

Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh etildi

01.07.2025 | 10:2015632

Namangan viloyatida qalbaki valyuta savdosi bilan bog‘liq jiddiy jinoyat fosh etildi. Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hamkorlikdagi tezkor tadbiri natijasida qalbaki dollarlar muomalasiga chek qo‘yildi.

Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh etildi
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida fuqarolardan biri qalbaki 20 ming AQSH dollarini haqiqiy 14 ming dollarga sotishni taklif qilgan paytda ushlangan. U o‘zini ishonchli shaxs sifatida ko‘rsatib, soxta valyutalarni muomalaga kiritishga uringan. Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hamkorlikdagi tezkor tadbirida mazkur shaxs qalbaki 8 ming dollarni sotish jarayonida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Tergovga qadar tekshiruv natijasida aniqlanishicha, ushbu qalbaki dollarlar 1985 yilda tug‘ilgan Kosonsoylik fuqarodan olingan. U esa soxta 6 ming dollarni 1992 yilda tug‘ilgan boshqa shaxsdan qabul qilgani ma’lum bo‘lgan. Jinoyat ishtirokchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davomida ular qamoqqa olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tergov yakuniga ko‘ra ma’lum qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid

Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh etildi | Vaqt.uz