add

Namanganni Toshkent bilan bog‘lovchi yo‘l 246 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi

Norin daryosi ustigi 480 metr uzunlikdagi yangi ko‘prik va 63 yil oldin qurilgan Namangan hamda Andijon viloyatlarini bog‘lovchi 180 metrli eski ko‘prik ham rekonstruksiya qilinadi.

Namanganni Toshkent bilan bog‘lovchi yo‘l 246 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi
Namangan markazini poytaxt Toshkent bilan bog‘laydigan «Pungon-Namangan» yo‘lining 75 kilometri rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Namangandagi yig‘ilishda ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mazkur yo‘lda kuniga 15 ming transport harakatlanadi. Shuning uchun «Pungon-Namangan» yo‘lining 75 kilometri rekonstruksiya qilinadi. Bu yo‘l 246 million dollar hisobiga 4 tasmali, beton qoplamali qilib quriladi, 34 ta ko‘prik, 22 ta piyodalar o‘tish joylari barpo etiladi. Prezident Namanganda yo‘l, ichimlik suvi, uy-joy kabi hayotiy zarur infratuzilmani rivojlantirish ham eng dolzarb masalalardan ekanini ta’kidladi. Uychi, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlari aholisini viloyat markazi va boshqa tumanlar bilan bog‘lovchi asosiy yo‘ldagi tirbandlik qiynab kelayotgan edi. «Shu bois, 63 milliard so‘m hisobiga Norin daryosi ustidan 480 metr uzunlikdagi yangi ko‘prik qurilmoqda. Uychi orqali Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlari markaziga yetib borish 20-25 kilometrga, Norindan Baliqchiga 35-40 kilometrga qisqaradi. Viloyat aholisi talabini inobatga olib, Qoradaryo ustidagi 63 yil oldin qurilgan Namangan va Andijon viloyatlarini bog‘lovchi 180 metrli eski ko‘prikni rekonstruksiya qilish boshlandi. Buning natijasida transport qatnovi 2 barobar oshadi, yo‘lga ketadigan vaqt 1,5 karra qisqaradi, tirbandlik keskin kamayadi», - degan prezident. Uning so‘zlarini davlat rahbari matbuot xizmati nashr etdi. Prezident mutasaddilarga Namangan xalqi uzoq yillardan buyon kutayotgan mana shu 2 ta ko‘prikni kelgusi yilda ishga tushirish, 694 kilometr yo‘l va mahallalardagi 7 ta kichik ko‘prikni ta’mirlashni esa joriy yilda yakunlashni topshirgan.

Teglar

Mavzuga oid

Namanganni Toshkent bilan bog‘lovchi yo‘l 246 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi | Vaqt.uz