add

NATO bosh kotibi Lavrovni masxara qildi: «Iso Masih davridan beri foydali gap aytmagan»

03.07.2025 | 11:3336042

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning «alyans qulashi» haqidagi bayonotiga qattiq javob qaytardi.

NATO bosh kotibi Lavrovni masxara qildi: «Iso Masih davridan beri foydali gap aytmagan»
NATO bosh kotibi Mark Ryutte Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga nisbatan keskin munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Lavrov necha yillardan beri diplomatiya sahnasida bo‘lishiga qaramay, uning og‘zidan hech qanday foydali fikr chiqqan emas. «Lavrov haqida gapiradigan bo‘lsak — u, nazarimda, Iso Masih tug‘ilgan paytdan beri Rossiya tashqi ishlar vaziri va o‘shandan beri uning og‘zidan hech qanday foydali so‘z chiqqani yo‘q. Shuning uchun uning gaplariga katta ahamiyat berishga hojat yo‘q», - dedi Ryutte. Mazkur izoh Rossiya rasmiylarining NATO haqidagi navbatdagi tanqidlaridan so‘ng berildi. 30 iyun kuni Sergey Lavrov jurnalistlar bilan uchrashuvda NATO davlatlarining mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha kelishuvini «falokat» deb baholagan edi. Uning fikricha, bu harakatlar «alyansning qulashiga» olib kelishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

NATO bosh kotibi Lavrovni masxara qildi: «Iso Masih davridan beri foydali gap aytmagan» | Vaqt.uz