add

NATO bosh kotibi Putinning yordamchisini tarixchiga aylantirib masxara qildi

15.07.2025 | 22:1544753

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiyaning Ukraina bo‘yicha muzokaralaridagi pozitsiyasini tanqid qildi. Unga ko‘ra, Vladimir Putinning yordamchisi Vladimir Medinskiy haqiqiy siyosiy muloqot o‘rniga tarix darslari o‘tmoqda.

NATO bosh kotibi Putinning yordamchisini tarixchiga aylantirib masxara qildi
NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiyaning Ukraina bilan tinchlik muzokaralaridagi yondashuvini ochiq tanqid qildi. U Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya delegatsiyasi rahbari, prezident Vladimir Putinning yordamchisi Vladimir Medinskiyni masxara qilib chiqdi. Ryuttening ta’kidlashicha, Rossiya hozirgi vaziyatni muhokama qilish o‘rniga o‘tmish voqealari haqida bahslarga berilib ketmoqda. «1700 yilda nima bo‘lganini aytib beradigan tarixchini yuborishning hojati yo‘q. bugungi kun haqida mazmunli muzokaralar kerak», - dedi u. Uning fikricha, Ukraina tezroq tinchlikni istaydi va Rossiyani muloqotga majburlash uchun G‘arb bosimni kuchaytirishi lozim. Ryutte sanksiyalar va siyosiy ta’sir vositalarini qo‘llashni muhim, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, u AQSH prezidenti Donald Trampni Rossiya bilan muzokara jarayonini jonlantirgani uchun minnatdorchilik bilan tilga oldi. «Tramp buni qila oladigan yagona shaxs edi. Uning sharofati bilan ruslar bilan suhbat boshlandi. Endi asosiysi uni shunday davom ettirish kerakki, u haqiqiy natijaga ega bo‘lsin», - dedi Ryutte.

Teglar

Mavzuga oid