add

NATO rahbari Xitoy, Hindiston va Braziliyani Rossiya bilan aloqalar uchun ogohlantirdi

16.07.2025 | 08:409543

NATO yangi bosh kotibi Mark Ryutte Rossiyaning ittifoqchilari — Xitoy, Hindiston va Braziliyani G‘arb tomonidan joriy etilishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali sanksiyalar orqali jiddiy oqibatlar kutayotganini ma’lum qildi.

NATO rahbari Xitoy, Hindiston va Braziliyani Rossiya bilan aloqalar uchun ogohlantirdi
«Strana.ua» internet nashri xabariga ko‘ra, Ryutte bu davlatlarni Kreml bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mamlakatlar Moskva bilan bo‘lgan aloqalardan foydalanib, Rossiyani tinchlik muzokaralariga undashlari lozim.
«Iltimos, Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qiling va unga tinchlik muzokaralarini jiddiy qabul qilishi kerakligini ayting», — dedi u.
Shu bilan birga, NATO rahbari Rossiya bilan hamkorlik qiluvchi davlatlar o‘z iqtisodiyotiga xavf tug‘dirishi mumkinligini ochiq ogohlantirdi. Uning ta’kidlashicha, agressiv geosiyosatga ko‘makdoshlik qiluvchi har qanday davlat iqtisodiy tahdidga duch kelishi mumkin. Bungacha, 14 iyul kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Kremlga 50 kunlik ultimatum taqdim etgan edi. Uning bayonotiga ko‘ra, agar shu muddat ichida Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Rossiya va uning savdo hamkorlariga nisbatan 100 foizlik import bojlari joriy etiladi. Shuningdek, Tramp Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi model taklif qilgan: AQSH qurol-aslahani Yevropa va NATOga sotadi, ular esa uni Ukrainaga yetkazib beradi. Yaqin kunlarda Ukrainaga 17 ta Patriot havo hujumidan himoya tizimlari jo‘natiladi.

Teglar

Mavzuga oid

NATO rahbari Xitoy, Hindiston va Braziliyani Rossiya bilan aloqalar uchun ogohlantirdi | Vaqt.uz