add

NATO Rossiya dronlariga javoban «Sharqiy qo‘riqchi» operatsiyasini boshladi:

13.09.2025 | 09:0021574

Polsha havo kengliklariga kirib kelgan rus dronlardan so‘ng, shimoliy alyans sharqiy qanotni mustahkamlashga kirishdi.

NATO Rossiya dronlariga javoban «Sharqiy qo‘riqchi» operatsiyasini boshladi:
NATO 12 sentyabr kuni Yevropa sharqiy qanotini mustahkamlashga qaratilgan yangi operatsiya — «Sharqiy qo‘riqchi» missiyasini boshlaganini e’lon qildi. Bunga Rossiya dronlarining Polsha havo hududiga noqonuniy kirib kelishi sabab bo‘lgan. Alyans bosh kotibi Mark Ryutte Reuters agentligiga so‘zlarida ta’kidlashicha, NATO o‘z hududini himoya qilishda qat’iy va tayyor ekanini butun dunyoga ko‘rsatmoqchi. Ayni paytda missiyaga Daniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya qo‘shilgan. NATO bayonotiga ko‘ra, Daniya ikkita F-16 va bir fregat, Fransiya uchta Rafale, Germaniya esa to‘rta Eurofighter uchoqlarini ajratgan. Ryutte Rossiyaning harakatlarini «nosog‘lom va toqat qilib bo‘lmaydigan» deb atadi. NATOning Yevropa bo‘yicha qo‘shma kuchlar bosh qo‘mondoni Aleksus Grinkevich ma’lum qilishicha, operatsiya butun sharqiy qanot — Boltiqbo‘yi davlatlaridan to Ruminiya va Bolgariyagacha bo‘lgan hududni qamrab oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Sharqiy qo‘riqchi» nafaqat doimiy kuchlarni joylashtirish, balki tahdidlarga tez javob berish imkonini beradigan adaptiv yondashuvni ko‘zda tutadi. «Biz pozitsiyamizni doimiy ravishda yangilab boramiz. Bu nafaqat dushmanni hujumda ustunlikdan mahrum etish, balki har qanday xavfga jadal javob berish uchun ham zarur», — dedi Grinkevich. Shu bilan birga, Politico nashrining xabar berishicha, Yevropa yetakchilari AQSH prezidenti Donald Trampni Rossiya urushni to‘xtatish niyatida emasligiga ishontirishga muvaffaq bo‘lgan. Endi Vashington bilan yangi strategik choralarni amalga oshirish usullari kelishib olinishi kerak. O‘tgan haftada YeI va AQSH rasmiylari yangi bosim choralarini muhokama qilgan: jumladan, Rossiya neft va gaz ta’minotini qisqartirish hamda moliyaviy cheklovlarni kuchaytirish masalalari. Bu bo‘yicha texnik guruh Vashingtonga yetib borgan. Politico manbalariga ko‘ra, asosiy tamoyillar bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Teglar

Mavzuga oid