add

NATO Rossiyani chegarani buzgan samolyotlarini urib tushirish bilan tahdid qildi — Bloomberg

26.09.2025 | 09:3044373

Agar Rossiya yana Yevropa havo hududini buzib kirsa, NATO kuch ishlatishi, hatto samolyotlarni urib tushirishi mumkinligidan ogohlantirdi.

NATO Rossiyani chegarani buzgan samolyotlarini urib tushirish bilan tahdid qildi — Bloomberg
Bloomberg nashrining xabariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari Rossiyani havo hududini qayta buzmaslikka qattiq ogohlantirdi. Kremlga yo‘llangan bayonotda NATOning «barcha vositalar bilan javob qaytarishga» tayyorligi, zarurat tug‘ilsa harbiy havo texnikasini urib tushirish imkoniyati ham borligi ta’kidlandi. Manbalarning aytishicha, Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Fransiya, Britaniya va Germaniya elchilari Rossiyaga Estoniya osmonida qayd etilgan hodisadan jiddiy xavotir bildirishgan. Estoniya rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 19 sentyabr kuni Rossiyaning uchta MiG-31 samolyoti 12 daqiqa davomida mamlakat havo hududini buzgan. Moskva esa «bizning aloqamiz yo‘q», deya bu ayblovlarni rad etmoqda. Tallin ushbu voqea ortidan NATO Nizomining 4-moddasiga ko‘ra maslahatlashuv chaqirdi. 23 sentyabrda o‘tgan yig‘ilishda a’zo davlatlar xavfsizlikka tahdid holatini muhokama qildi. Biroq Yevropa ichida yagona pozitsiya mavjud emas: Latviya, Litva va Polsha qat’iy choralar tarafdori, Germaniya esa ehtiyotkor yondashuvni ma’qul ko‘rmoqda. AQSHning pozitsiyasi ham turlicha: prezident Donald Tramp NATOga Rossiya samolyotlarini urib tushirish huquqini qo‘llab-quvvatladi, ammo davlat kotibi Marko Rubio bu tashabbusga qarshi chiqdi.

Teglar

Mavzuga oid