add

Navoiy viloyatida 4 balli zilzila qayd etildi

17.09.2025 | 10:2029692

Zilzila epitsentri Navoiy viloyati Konimex tumanida bo‘lib, uning kuchi G‘ijduvon, Navbahor tumanlarida 2-3 balldan sezilgan.

Navoiy viloyatida 4 balli zilzila qayd etildi
17 sentyabr kuni soat 09:14 da Navoiy viloyati Konimex tumanida 4 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan taxminan 363 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Yer qa’ri silkinishi 3,9 magnitudaga ega bo‘lib, chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgani aniqlandi. Turli hududlarda silkinish turlicha sezilgan. Xususan, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yer silkinishi 3 ball, Navoiy viloyatining Navbahor tumanida esa 2 ball darajasida his qilingan. Epitsentrga yaqin Konimex tumanida kuch 2−3 ballni tashkil etdi. Hozircha zilzila oqibatida talofatlar yoki zarar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Seysmologlar hodisa tabiiy jarayon sifatida qayd etilganini ma’lum qilgan.

Teglar

Mavzuga oid