add

Navoiyda 3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan

07.07.2025 | 12:3049272

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Navoiy viloyatida 3 mlrd so‘mga yaqin qiymatdagi davlat xaridlari jarayonida qator qonunbuzarlik holatlari aniqlangan.

Navoiyda 3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan
Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan davlat xaridlari sohasida olib borilgan tekshiruvlarda katta qonunbuzarlik holatlari aniqlangan, ayniqsa, korporativ buyurtmachilar tomonidan qonun hujjatlari talablariga zid harakatlar sodir etilgan. Tekshiruv «FIRDAVS-N GRAND» MCHJ murojaati asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda «ISSIQLIK TA’MINOTI» MCHJ 750 mln so‘mlik tanlov savdosida bir qator qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygani aniqlangan. Savdolarda raqobatni sun’iy cheklovchi shartlar belgilangani va takliflarni baholashda xolislik ta’minlanmagan. Shuningdek, «QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MCHJda o‘tkazilgan 2 mlrd so‘mlik uchta tanlovda ham qonunbuzilish holatlari kuzatilgan. Ayniqsa, xarid jarayonida raqobatni cheklovchi talablar va ishtirokchilar o‘rtasida afillanganlik mavjud bo‘lganyu

Teglar

Mavzuga oid

Navoiyda 3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan | Vaqt.uz