add

Neftga sanksiya Rossiyani tinchlikka majburlashning eng ta’sirli usuli — Zelenskiy

12.06.2025 | 19:0034603

Volodimir Zelenskiy Rossiyani urushdan qaytarish uchun og‘ir inson yo‘qotishlar emas, balki moliyaviy zarbalar foyda beradi, deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, neft narxini 30 dollarga tushirish va sanksiyalarni kuchaytirish tinchlik sari yetaklaydi.

Neftga sanksiya Rossiyani tinchlikka majburlashning eng ta’sirli usuli — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyani tinchlikka majburlash uchun ta’sirchan iqtisodiy choralar qo‘llash zarurligini ta’kidladi. U bu haqda Global Security Forum doirasidagi chiqishida ma’lum qildi. Zelenskiyga ko‘ra, Rossiyani urushdan qaytarish uchun inson yo‘qotishlari yetarli emas — chunki Kreml uchun odam hayoti muhim emas. Moskva neft eksportidan keladigan daromad va byudjet mablag‘lariga bog‘langan. «Agar Rossiya neftni 30 dollardan qimmat bo‘lmagan narxda sotsa, ular tinchlik haqida gapira boshlaydi. Shuning uchun neft sanksiyalari va moliyaviy bloklashlarni kuchaytirish kerak», — dedi u. Ukraina prezidentining aytishicha, Rossiya byudjetiga pul kelishiga imkon beruvchi barcha yo‘llar berkitilishi zarur. Bundan tashqari, Rossiyaning bank tizimiga qaratilgan sanksiyalar, xalqaro maydondagi diplomatik yakkalash va Ukraina hamkorlari bilan qo‘shma mudofaa harakatlari ham katta ta’sir ko‘rsatadi. «Kreml uchun asosiy xavf — pulsizlik, diplomatik obro‘yning yo‘qolishi va Ukraina qarshiligining saqlanishi. Ular millionlab insonlarning o‘limi uchun aslo qayg‘urmaydi», — dedi Zelenskiy. Uning ta’kidlashicha, diktatura rejimlaridan keladigan xavf barcha uchun umumiy tahdid hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Neftga sanksiya Rossiyani tinchlikka majburlashning eng ta’sirli usuli — Zelenskiy | Vaqt.uz