
Netanyahu: Isroil va HAMAS kelishuvga yaqin
09.07.2025 | 19:4517312
Falastinning HAMAS harakati va Isroil hukumati G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va hududda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ma’lum qildi.

«Menimcha, biz bitimga tobora yaqinlashib bormoqdamiz va uni tuzish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud», - degan u Fox Business telekanaliga bergan intervyusida tegishli savolga javoban.
6 iyul kuni HAMAS va Isroil Misr, Qatar va AQSH vositachiligida Dohada G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va hududda garovga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonini qayta boshladi.
Reuters axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga gumanitar yordamning to‘siqsiz va xavfsiz kirishini ta’minlashdan bosh tortishi muzokaralardagi asosiy muammoli masala hisoblanmoqda.





