add

Nodirbek Abdussattorov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari Top-10 taligidan chiqdi

02.09.2025 | 22:3033013

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning FIDE reytingidagi o‘rni bir oy ichida qanday o‘zgarishga uchradi?

Nodirbek Abdussattorov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari Top-10 taligidan chiqdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) avgust oyi uchun yangilangan dunyo reytingi natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Nodirbek Abdussattorov bir necha oydan beri saqlab kelayotgan dunyoning eng kuchli o‘n shaxmatchisi qatoridagi o‘rnini boy berdi va 11-pog‘onada joy oldi. Uning shaxsiy reytingi 2771 dan 2748 ga tushgan. Top-100 talik ro‘yxatda yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik grossmeysterni ham ko‘rish mumkin. Ular orasida eng katta o‘sishni Nodirbek Yoqubboyev namoyish qildi. U 2681 ochko to‘plagan va 59-o‘rindan 45-pog‘onaga ko‘tarilib, Rustam Qosimjonovni (2675) ortda qoldirgan. Javohir Sindorov ham bir pog‘ona yuqorilab, 25-o‘rindan 24-o‘ringa ko‘tarilgan va 2722 ochko jamg‘argan. Shamsiddin Vohidov esa aksincha, natijalarini yomonlashtirib, 76-o‘rindan 83-pog‘onaga tushib ketgan. Uning hozirgi ko‘rsatkichi — 2645 ochko. O‘zbekiston shaxmatchilari jamoaviy reytingda 2601 ochko bilan dunyoning 13-o‘rinidan joy olgan. Jahon shaxmatida yetakchilik o‘zgarmagan — norvegiyalik Magnus Karlsen 2839 ochko bilan birinchi o‘rinda qolmoqda. Undan keyingi o‘rinlardan amerikalik Hikaru Nakamura (2807) va Fabiano Karuana (2789) joy olgan.

Teglar

Mavzuga oid