add

Noqonuniy tadbirkorlarga qarshi kurashish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi

Bugun 17:372011

Noqonuniy faoliyat haqida xabar berganlarga jarimaning 10% miqdorida mukofot to‘lanadi.

Noqonuniy tadbirkorlarga qarshi kurashish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14-noyabrdagi «Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan noqonuniy tadbirkorlikka qarshi kurashish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi.

Hujjatga muvofiq, 2026 yil apreliga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan murojaatlar asosida litsenziyasiz, ruxsatnomasiz yoki belgilangan tartibda xabarnoma yubormasdan amalga oshirilayotgan faoliyat holatlari aniqlanganda va huquqbuzarlik tasdiqlanganda, ushbu holat haqida ma’lumot bergan shaxsga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida pul mukofoti to‘lash tartibi joriy etiladi.

Yangi mexanizm Adliya vazirligi, Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqilishi belgilangan.

Ishlab chiqiladigan tartib doirasida xabar berish mexanizmi, murojaatlarni ko‘rib chiqish shartlari va mukofotni to‘lash tartibi belgilab beriladi.

Teglar

Mavzuga oid

Noqonuniy tadbirkorlarga qarshi kurashish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi | Vaqt.uz