add

Norasmiy sektor qurilish ishlari 10 oyda qariyb 62 trln so‘mga yetdi

Bugun 20:38911 daqiqa

Statistikaga ko‘ra, norasmiy sektordagi qurilish faoliyati o‘sishda davom etib, umumiy bozordagi ulushi sezilarli darajada saqlanib qolmoqda.

Norasmiy sektor qurilish ishlari 10 oyda qariyb 62 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar—oktabr oylari davomida O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan 61,7 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 foizga oshdi.

Qayd etilishicha, norasmiy sektor hissasi umumiy qurilish ishlari hajmining 25 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich bozordagi talabning yuqoriligi, xususiy tashabbuslar ko‘payishi va qurilish materiallari bozoridagi faollik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

So‘nggi yillarda norasmiy qurilish ishlari hajmi keskin o‘sgani kuzatilmoqda. 2021 yilda ushbu ko‘rsatkich 16,6 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 19 trillion so‘mga yetgan. 2023 yilda 22 trillion so‘mga oshgan norasmiy sektor ulushi 2024 yilda keskin sur’atda ko‘payib, 54 trillion so‘mga yetgan.

2025 yilning o‘n oyida 61,7 trillion so‘mlik natija qayd etilib, hajm yillik dinamikada yana bir marotaba o‘sishga erishdi. Bunday o‘zgarishlar qurilishga bo‘lgan talab yuqori ekani, aholi va xususiy sektor tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari kuchayganini anglatadi.

Teglar

Mavzuga oid