add

Nurafshonda pora olgan hokim yordamchisi qo‘lga olindi

01.12.2025 | 09:581081 daqiqa

Hokim yordamchisi o‘z mansabdor tanishlari orqali fuqaroni pora evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan.

Nurafshonda pora olgan hokim yordamchisi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida pora olgan hokim yordamchisi qo‘lga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi Toshkent shahrida yashovchi fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, o‘z «xizmati» evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan hokim yordamchisi so‘ralgan pulni o‘zining tanishlari orqali olgan vaqtida ushlangan.

«Ta’kidlash joizki, u muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lib, qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa qilmagan ko‘rinadi», — deyiladi xabarda.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Soliq boshqarmasi bosh inspektori pora bilan ushlanganiligi haqida xabar berilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid