
NYT: AQSH Ukraina urushidan chiqmoqda
02.07.2025 | 22:2036782
The New York Times ta’riflashicha, AQSHning Ukrainaga bir qator qurol turlarini yetkazib berishni to‘xtatishi Kiyev uchun kutilmagan qaror bo‘ldi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga Patriot tizimlari uchun tutuvchi raketalar, Hellfire va Stinger raketalari, GMLRS aniq mo‘ljalli o‘q-dorilari va boshqa turdagi qurollarni yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatgan.
The New York Times'ga ko‘ra, ushbu qaror Kiyev rasmiylarini hayratda qoldirgan. Gazeta buni AQSHning urushdagi ishtirokiga nisbatan yangi siyosiy yo‘nalish sifatida talqin qilmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, hozircha to‘xtatilgan qurollar ro‘yxati to‘liq ochiqlanmagan, ammo yetkazib berishning to‘xtatilishi «Vashington urushdan asta-sekin chetlashyapti» degan aniq signalni yubormoqda.





