add

Octobank TAF!25 da e’tirof etildi

13.10.2025 | 17:3844955

Toshkentda o‘tgan xalqaro reklama va marketing festivalida Octobank qulay raqamli yechimlar yaratishdagi yetakchiligi uchun mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu bankning raqamli transformatsiya va mijozga yo‘naltirilgan yondashuvdagi yetakchiligini yana bir bor tasdiqladi.

Octobank TAF!25 da e’tirof etildi
11 oktyabr kuni Toshkentda TAF!25 xalqaro reklama va marketing festivali bo‘lib o‘tdi. Toshkent butun dunyodagi yetakchi brendlar, agentliklar, marketologlar hamda ijodkorlarni bir nuqtada birlashtirdi. Markaziy Osiyodagi eng yirik reklama va marketing festivaliga — moliyaviy xizmatlarni soddalashtirishga yo‘naltirilgan, mijozlarga qulay yechimlar taklif etadigan va tadbirkorlarga o‘z faoliyatini samarali yuritish hamda kengaytirishda yordam berib kelayotgan Octobank bosh homiylik qildi. Octobank taf2 TAF!25 tanlovida ishtirokchilar strategik marketing, raqamli kommunikatsiyalar, brending, PR va SMM, ESG kommunikatsiyalari, grafik va mahsulot dizayni, shuningdek, yoshlar va eksperimental toifalar kabi 35 nominatsiya bo‘yicha bellashishdi. Octobank taf3 Octobank taf4 Quvonarlisi, O‘zbekistondagi eng ishonchli va mijozlarga qulay xizmatlar taqdim etuvchi banklardan biri — Octobank xalqaro miqyosda e’tirof etildi. Bank TAF!25 festivalida 2025 yilda O‘zbekistonda onlayn-biznes uchun qulay raqamli yechimlar yaratishdagi yetakchiligi uchun taqdirlandi.

TAF!25 Octobankʼdan yana bir muhim yangilik bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi: endi bank foydalanuvchilari Octo-moblie ilovasida AliPay to‘lov xizmati orqali xorijdagi xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin — bank birinchilardan bo‘lib o‘z ilovasi interfeysiga Xitoy to‘lov xizmatini joriy etdi. Bank vakillari festival stendlarida ushbu yangi xizmatni taqdim etdi.

Octobank taf5 Octobank taf6   [caption id="attachment_20686" align="aligncenter" width="640"]8 “Festival juda ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Bu e’tirof bizga bildirilgan ishonchni oqlash uchun yanada ko‘proq ishlashga undaydi”, — deydi Octobank AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Jumayev Hamid Husenovich.[/caption] Xalqaro tanlovda butun dunyodan arizalar qabul qilinib, 2024–2025 yillarning eng yaxshi loyihalari aniqlandi. Bu yilgi tanlovda 272 ta ish ishtirok etdi, ulardan 142 tasi saralanganlar ro‘yxatiga kiritildi, 64 ta loyiha esa mukofotlarga sazovor bo‘ldi. G‘oliblar 89 nafar saralovchi hakamlar hay’ati a’zolari va 41 nafar xalqaro hakam tomonidan to‘rtta nominatsiya bo‘yicha aniqlangan. 3 TAF!25 — bu shunchaki festival emas, bu — ijod va texnologiya kesishgan maydon! Octobank esa o‘z mijozlari ishonchini oqlashda va innovatsion yechimlar yaratishda davom etadi. Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid