add

Odamlarni eng ko‘p jalb qiladigan manzaralar aniqlandi: albatta, dengiz bu borada g‘olib

11.07.2025 | 08:1531774

Britaniya va AQSH olimlari suv bo‘yi manzaralari — dengizlar, ko‘llar va daryo hududlari odamlarda eng ko‘p iliq xotiralar uyg‘otishini aniqladi. Mutaxassislar ushbu xulosalarni shaharsozlikda ham hisobga olishni tavsiya etmoqda.

Odamlarni eng ko‘p jalb qiladigan manzaralar aniqlandi: albatta, dengiz bu borada g‘olib
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, «moviy landshaftlar» deb ataladigan bunday joylar inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Current Research in Ecological and Social Psychology jurnalida chop etilgan tadqiqotda 18 yoshdan 94 yoshgacha bo‘lgan mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Ularning ko‘pchiligi aynan suv yaqinidagi joylarni «estetik jihatdan yorqin», «ko‘zga yoqadigan» va «chiroyli» deb ta’riflashgan. Britaniyaliklarning eng yorqin xotiralarida suv bo‘ylari 26 foiz ulushni tashkil etgan bo‘lsa, amerikaliklarda bu ko‘rsatkich 20 foiz bo‘lgan. Ko‘l va daryolar qo‘shilganda bu raqamlar mos ravishda 35 va 30 foizgacha oshib ketadi. Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, odamlar ko‘proq tabiatning yashil emas, aynan «suvli» manzaralarini sog‘inadi. Odatda, o‘rmon va tog‘lar kabi yashil hududlar sog‘lomlashtiruvchi ta’sirga ega deb hisoblangan, ammo psixologik jihatdan suv yaqinidagi joylar odam uchun kuchli nostalgiya manbai ekani aniqlandi. Loyiha rahbari doktor Elizabet Militaru buni suv bo‘yi manzaralarining fraktal tuzilishi, ya’ni murakkab, biroq mutanosib shakllarga egaligi bilan izohladi. Suv bo‘yidagi joylar — yorqinlik, tiniqlik va tabiiy muvozanat bilan ajralib turadi. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, o‘rmonlarga betartib va juda murakkab manzaralar insonda huzurdan ko‘ra xavotir uyg‘otishi mumkin. Shuningdek, juda oddiy landshaftlar esa zerikarli bo‘lib qoladi. Mutaxassislar ushbu xulosalarni shaharsozlikda ham hisobga olishni tavsiya etmoqda. Zero, tabiiy suv yoki yashil hududlarga yetishish imkoni bo‘lgan jamoalarda ruhiy sog‘lomlik va muvozanat ko‘rsatkichlari ancha yaxshiroq bo‘ladi.  

Teglar

Mavzuga oid