add

O‘FA Ro‘ziqul Berdiyevning «Neftchi» haqidagi bayonoti bo‘yicha tekshiruv boshladi

«Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning «Neftchi» haqidagi bayonoti jamoatchilikda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘FA bu ish yuzasidan surishtiruv o‘tkazishini ma’lum qildi.

O‘FA Ro‘ziqul Berdiyevning «Neftchi» haqidagi bayonoti bo‘yicha tekshiruv boshladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) «Nasaf» jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning OKMK bilan o‘yindan so‘ng bildirgan bayonoti bo‘yicha rasman tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 oktyabr kuni Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tgan OKMK va «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi (1:1) uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Berdiyevning so‘zlari katta rezonans keltirib chiqargan.

U jurnalistlar savollariga javob berar ekan, ««Neftchi»ni ko‘p gapirishmoqda, lekin biz ham qarab turmaymiz. Biz anchadan beri mag‘lub bo‘lmadik va chempionlikka loyiqmiz. «Neftchi»ning qanday harakat qilayotganini sizlar ham bilasizlar. Agar «Neftchi» vazifani bajarsa, qahramonlarni maydondan emas, maydon ortidan izlash kerak bo‘ladi. Menimcha, gapimni tushundingiz», — degan Berdiyev.

Murabbiyning «ortdagi insonlar» kimlar ekani yoki nega ularni «qahramon» deb atagani haqida izoh berilmagan.

O‘FA mazkur bayonot yuzasidan surishtiruv olib borilishini, uning natijalariga ko‘ra tegishli huquqiy baholar berilishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Superligasining 26-turida OKMK va «Nasaf» 1:1 hisobida durang o‘ynagan. Bu natijadan so‘ng «Neftchi» «Nasaf»ni ortda qoldirib, turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga kiritgan edi. Hozirda har ikki jamoa 57 ochkodan jamg‘argan, ammo o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra «Neftchi» ustunlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘FAni 340 ming dollar jarimaga tortganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar:

SEO title: O‘FA Ro‘ziqul Berdiyevning “Neftchi” haqidagi bayonoti bo‘yicha surishtiruv boshladi

Meta description: O‘FA “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning “Neftchi” haqidagi bayonoti bo‘yicha tekshiruv boshladi. Bayonot futbol jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid