add

Olimlar ortiqcha kuch sarflamasdan ozishga yordam beruvchi tabletka yaratdi

25.07.2025 | 14:3020533

Urugvaylik olimlar kaloriya sarfini oshirish orqali ta’sir ko‘rsatuvchi yangi tabletka — SANAning ilk klinik sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladi. Tabletka jismoniy faollik va ishtahani cheklamasdan ozish imkonini beradi.

Olimlar ortiqcha kuch sarflamasdan ozishga yordam beruvchi tabletka yaratdi
Nature Metabolism jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalarga ko‘ra, SANA tabletkasi organizmdagi yog‘ hujayralarini qayta yo‘naltirish orqali ularni termogeneza jarayoniga jalb qiladi. Bu jarayonda hujayralar hatto tinch holatda ham ko‘proq energiya sarflaydi. Klinik sinovda 44 nafar ixtiyorchi ishtirok etgan. Ikki hafta davomida yuqori dozada qabul qilingan tabletka ishtirokchilar vaznini o‘rtacha 3 foizga kamaytirgan. Shu bilan birga, mushak to‘qimasiga zarar yetmagan, qondagi glyukoza darajasi va insulinga sezgirlik esa yaxshilangan. Tabletkaning ishtahaga ta’siri va jiddiy nojo‘ya ta’sirlari qayd etilmagan. Preparat Eolo Pharma startapi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning ta’siri AGAT fermenti bilan kovalent bog‘lanishga asoslangan bo‘lib, bu yog‘ hujayralarining metabolik faolligini uzoq muddatga o‘zgartiradi. Navbatdagi bosqich — 2025 yil oxirida ikkinchi tur diabeti bo‘lgan bemorlar ishtirokida o‘tkaziladigan keng ko‘lamli sinovlardir. Olimlar ta’kidlashicha, ushbu usul mavjud ozish vositalarini inkor etmasdan, balki ularni to‘ldiradi. Ya’ni, ozishdagi asosiy maqsad — kaloriya iste’molini cheklash emas, balki organizmning energiya sarfini oshirishdir.

Teglar

Mavzuga oid