add

Olimlar Rossiyada chigirtkadan tayyorlangan un bilan non yopishni taklif qilmoqda

03.06.2025 | 16:4020503

Janubiy Ural davlat universiteti muhandislari oziq-ovqat narxlari oshib borayotgan sharoitda oqsilli undan foydalanish yo‘lini ko‘rsatmoqda.

Olimlar Rossiyada chigirtkadan tayyorlangan un bilan non yopishni taklif qilmoqda
Rossiyalik olimlar oziq-ovqat inflyatsiyasi ortib borayotgan bir paytda aholi ratsionini boyitish maqsadida chigirtka unli non yetish usulini ilgari surishdi. Janubiy Ural davlat universiteti mutaxassislari tayyorlagan retseptga ko‘ra, oddiy bug‘doy uniga uvalangan chigirtka qo‘shilgan holda maxsus un hosil qilinadi. Tadqiqot rahbari, professor Abduvali Toshev ma’lum qilishicha, chigirtka un tarkibining taxminan 60 foizi oqsillardan iborat bo‘lib, bu ko‘rsatkich oddiy bug‘doy ununikidan ancha yuqori. Shu bilan birga, ushbu unning eruvchanlik indeksi uch barobar, emulsiya hosil qilish faolligi 55 foizdan ziyod, ko‘pik hosil qilish qobiliyati esa bug‘doy unnikidan to‘rt barobar yuqori. Toshevning aytishicha, hatto kam miqdordagi chigirtka xomashyosi ham non mahsulotlarining mazasi va foydali xususiyatlarini oshiradi. Shuningdek, yangi turdagi non tarkibiga suv o‘tlari (spirulina) va qo‘ziqorinlardan tayyorlangan un qo‘shilishi ham mumkin. Unga ko‘ra, 5–15 foiz chigirtka uni, 2–6 foiz suv o‘tlari va 10–20 foiz qo‘ziqorin qo‘shilgan mahsulotlar «optimal» ta’mga ega bo‘ladi. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil may oyi yakunigacha Rossiyada non narxi o‘rtacha 15 foizga oshgan. Bu oziq-ovqat inflyatsiyasi fonida sodir bo‘lmoqda, 2024 yil yakunida ushbu inflyatsiya so‘nggi to‘qqiz yillikdagi eng yuqori daraja — 11,05 foizni tashkil etgan.

Teglar

Mavzuga oid

Olimlar Rossiyada chigirtkadan tayyorlangan un bilan non yopishni taklif qilmoqda | Vaqt.uz