add

Olimlar xona salqinligini saqlaydigan yangi bo‘yoq yaratdi

05.07.2025 | 17:3045682

AQSH, Xitoy, Singapur va Shvetsiya olimlari sun’iy intellekt yordamida haroratni pasaytiradigan innovatsion bo‘yoq formulasini yaratdi. Bu modda uy va binolarni an’anaviy bo‘yoqlarga qaraganda sezilarli darajada salqin saqlaydi.

Olimlar xona salqinligini saqlaydigan yangi bo‘yoq yaratdi
«Nature»jurnalida yozilishicha, yangi texnologiya xonaning ichki haroratini 5-20°C gacha past darajada ushlab tura oladi. Bu esa energiya sarfini kamaytirish hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda foydali vosita bo‘lishi mumkin. Loyiha mualliflaridan biri, Texas universiteti professori Yuebin Chjenning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt tadqiqotga inqilobiy ta’sir ko‘rsatib, butun jarayonni tezlashtirgan. «Oylar davomida rejalashtirilgan ishlar sun’iy intellekt yordamida bor-yo‘g‘i bir necha kun ichida amalga oshdi», — deydi professor. Bo‘yoq tarkibida nanofotonik va meta materiallardan foydalanilgan bo‘lib, ular quyosh nurini aks ettirib, issiqlikni binodan uzoqlashtiradi. Ixtiro kelgusida qurilish, shaharsozlik va iqlim nazorati sohalarida keng qo‘llanilishi mumkin. Hozircha mahsulot bozorga chiqarilmagan bo‘lsa-da, u yuqori samaradorlik va ekologik foydasi bilan ilmiy doiralarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Olimlar xona salqinligini saqlaydigan yangi bo‘yoq yaratdi | Vaqt.uz