add

Olimpiadachi Diyora Keldiyorova ona bo‘ldi

22.08.2025 | 16:3028573

Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston tarixida birinchi oltin medal sohibi Diyora Keldiyorova ona bo‘ldi.

Olimpiadachi Diyora Keldiyorova ona bo‘ldi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston tarixida birinchi oltin medal sohibi Diyora Keldiyorova ona bo‘ldi. Uning turmush o‘rtog‘i ijtimoiy tarmoqda qizaloq dunyoga kelganini ma’lum qilgan. Bu xabar keng jamoatchilik va sport muxlislari tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Diyora Keldiyorova Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. U faoliyati davomida nafaqat sportda, balki ijtimoiy sohada ham faoliyat olib borib kelmoqda. U Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining maxsus vakili etib tayinlangan. Shuningdek, Xalqaro dzyudo federatsiyasi Atletlar komissiyasi a’zosi hisoblanadi. Keldiyorova — O‘zbekiston tarixida dzyudo bo‘yicha birinchi Olimpiada chempioni. Undan oldin Armen Bagdasarov va Abdullo Tangriyev kumush, Rishod Sobirov, Diyorbek O‘rozboyev hamda Davlat Bobonov bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. Keldiyorova yozgi Olimpiadada oltin medal yutib olgan ilk o‘zbekistonlik ayol sportchi sifatida tarixga kirdi. U sportdagi yutuqlari uchun bir qator mukofotlarga sazovor bo‘lgan: jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, «O‘zbekiston iftixori» unvoni, «To‘maris» ko‘krak nishoni va «Yilning eng yaxshi ayol sportchisi» maqomiga ega.

Teglar

Mavzuga oid