add

Oliy sud 9 oyda 101 ta qarorni bekor qildi

22.10.2025 | 19:001871

O‘tgan 9 oyda ma’muriy sudlar 13 379 ta ishni ko‘rib chiqqan.

Oliy sud  9 oyda 101 ta qarorni bekor qildi

O‘tgan 9 oyda ma’muriy sudlar tomonidan 412 ta hokim, 653 ta soliq, 525 ta kadastr organlarining qarori haqiqiy emas, deb topilgan. Ushbu davrda ma’muriy sudlar tomonidan 13 379 ta ish ko‘rib chiqilgan. Natijasida 5 387 ta fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklangan.

Ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari ustidan 5 396 ta shikoyat ko‘rilgan. Viloyat va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 2 326 ta ish ko‘rib chiqilgan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 301 ta qaror bekor qilinib, 10 ta qaror o‘zgartirilgan.

Kassatsiya tartibida 1 077 ta ish ko‘rib chiqilgan. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 165 ta qaror bekor qilinib, 8 ta qaror o‘zgartirilgan. Taftish tartibida 1 249 ta ish ko‘rib chiqilgan. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 105 ta qaror bekor qilinib, 3 ta qaror o‘zgartirilgan.

Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 101 tasi bekor qilingan.

Teglar

Mavzuga oid