add

Oliy sud raisining ikki o‘rinbosari zararkunandalarga qarshi sepilgan doridan zaharlangani aytilmoqda

18.07.2025 | 19:0043113

Sud binosini zararkunandalardan tozalash maqsadida sepilgan kimyoviy dori vositalari sabab, Oliy sud raisining ikki o‘rinbosari zaharlangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Vaqt.uzʼning bir biridan mustaqil ikki manbasi xabar berdi. Biroq Oliy sud matbuot kotibi ma’lumotni yolg‘on dedi.

Oliy sud raisining ikki o‘rinbosari zararkunandalarga qarshi sepilgan doridan zaharlangani aytilmoqda
«Iyul oyi boshidagi dam olish kunlaridan birida Oliy sud binosini hasharot va kemiruvchilardan tozalash maqsadida kuchli kimyoviy vositalar sepib chiqilgan. Ammo shu kuni Oliy sud raisining ikki o‘rinbosari Sh.P. va I.M. bino dorilanganidan bexabar tarzda ishga kelib, faoliyatini davom ettirishgan. Sudyalar xonalarga sepilgan dori hidsiz bo‘lgani sabab, avval buni payqashmagan. Faqat ma’lum vaqt o‘tib, ularning sog‘lig‘i yomonlasha boshlagachgina, shifokorga murojaat qilishga majbur bo‘lishgan», – deb hikoya qildi manba bo‘lib o‘tgan voqealarni. Ikkinchi manbaning qo‘shimcha qilishicha, sud raisining ikki o‘rinbosardan biri ayni vaqtga kelib sog‘lig‘ini tiklagan va ishga qaytgan. Ikkinchisi hamon davolanishda. Vaqt.uz muxbiri xabarga aniqlik kiritish maqsadida Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovga bu borada murojaat qildi, ammo u bo‘lib o‘tgan bu voqealarni to‘liq rad etdi. Aziz Obidov Oliy sud raisning uch o‘rinbosaridan ikki nafari ishda ekani, uchinchisi esa xorijiy xizmat safarida ekani va ertadan boshlab ishga chiqishini ma’lum qildi. Shuningdek, Oliy sud binosida COVID-19 pandemiyasi davridan buyon biror dezinfeksiya ishlari o‘tkazilmaganini, bu boradagi ma’lumotlar yolg‘onligini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid