add

Oliy ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

10.09.2025 | 11:2041683

Sardor Rajabov kecha ishdan olingan Shohrux Daliyevning o‘rniga oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Oliy ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekistonda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyatida yangi tayinlov amalga oshirildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Sardor Rajabov vazirning birinchi o‘rinbosari etib tasdiqlandi. U bundan avval maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Sardor Rajabov 1988 yil 9 iyun kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2008 yilda Vestminster xalqaro universitetining «Biznes boshqaruvi» yo‘nalishida bakalavr darajasini olgan. Keyinchalik, 2018 yilda shu universitetda «Xalqaro savdo huquqi» yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik diplomiga ega bo‘lgan. U o‘z mehnat faoliyatini xususiy sektorda boshlab, «Uzdunrobita» MCHJ hamda bir nechta konsalting va marketing kompaniyalarida turli vazifalarni bajargan. Shuningdek, Rajabov Toshkent shahar hokimiyati tizimida ham ishlab, davlat boshqaruvi sohasida tajriba to‘plagan. 2012–2023 yillarda u Davlat test markazida boshqarma boshlig‘i va direktor o‘rinbosari sifatida ishladi. Keyin esa 2023–2024 yillarda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining «Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti» direktori sifatida faoliyat yuritdi. Ushbu tajribalar Sardor Rajabovni ta’lim sohasidagi muhim islohotlarni amalga oshirish va tizimda sifat nazoratini kuchaytirishda yetakchi kadr sifatida shakllantirdi. Endi u oliy ta’lim tizimida innovatsiyalar va fanni rivojlantirish yo‘nalishlariga mas’ul bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Oliy ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi | Vaqt.uz