add

Olmazorda havo ifloslanishi xavfli darajada saqlanib qolmoqda

21.07.2025 | 12:1537882

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 423-sonli bolalar bog‘chasi hududida o‘rnatilgan datchik 21 iyul kuni soat 11:00 holatiga ko‘ra havo sifati indeksi 444 ko‘rsatkichni qayd etdi — bu xalqaro standartlar bo‘yicha «o‘ta xavfli» darajadir.

Olmazorda havo ifloslanishi xavfli darajada saqlanib qolmoqda
Ayni paytda, shahar markazidan shamol Olmazor tomonga, u yerdan esa shimolga — Toshkent tumaniga qarab harakatlanmoqda. Bu esa ifloslanish hududini kengayishiga olib kelishi mumkin. Ekologik tahlilchilar hozircha ifloslanish tarqalish dinamikasini kuzatmoqda. Huquqiy va sanitariya hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi SanPiN 0293—11 me’yorida vodorod peroksidning aniq havodagi cheklangan miqdori keltirilmagan. Biroq xalqaro standartlar bo‘yicha H₂O₂ moddasining sutkalik ruxsat etilgan konsentratsiyasi (REM) 1.4 mg/m³ etib belgilangan. Agar ushbu ko‘rsatkich 105 mg/m³ dan oshsa, bu inson salomatligi uchun «ekstremal xavf» sifatida baholanadi.  

Teglar

Mavzuga oid