add

Oltin ma’danlari joylashgan geologik xaritani sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

07.08.2025 | 09:3049693

Geologiya va gaz sohalaridagi sobiq va amaldagi xodimlar soxta va’dalar bilan pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Oltin ma’danlari joylashgan geologik xaritani sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Samarqand shahrida geologik xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy korxona rahbari o‘zini avval Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida ishlagan shaxs sifatida tanishtirib, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan. U jismoniy shaxsga Samarqand va Jizzax viloyatlarida oltin ma’danlari joylashgan, go‘yo maxfiy geologik xarita va fotosuratlar mavjudligini aytgan hamda ularni 25 ming AQSH dollariga sotishni taklif qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 10 ming dollarni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mutasaddi tashkilotlar so‘nggi xulosasiga ko‘ra, u taklif qilgan ma’lumotlar maxfiy toifaga kirmasligi ma’lum qilindi. Qashqadaryo viloyatidagi yana bir holatda esa, «O‘ztransgaz» AJ tarkibidagi «Muborak magistral gaz quvurlari» boshqarmasiga qarashli Shahrisabz GTSda operator bo‘lib ishlovchi shaxs yuqori lavozimdagi tanishlari orqali fuqaroni nazoratchi sifatida ishga joylashtirishni va’da qilgan. U buning evaziga 4 ming dollar talab qilgan. DXXning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, ushbu operator talab qilgan pulni olgan vaqtida qo‘lga olindi. Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid