add

Oltin narxi 30 maydan beri ilk bor pastga tushdi

27.06.2025 | 16:3034553

Jahon bozorida oltin narxi keskin pasaydi. 27 iyun kuni Chikago tovar birjasida avgust fyucherslari bir unsiya uchun 3298 dollargacha tushib, 30 maydan beri ilk bor 3300 dollar chegarasidan pastga tushdi.

Oltin narxi 30 maydan beri ilk bor pastga tushdi
Tahlillarga ko‘ra, Yaqin Sharqda Isroil va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi va AQSH hamda Xitoy o‘rtasida savdo muzokaralarining oldinga siljishi investitsiyalarni himoyaviy aktivlardan aksiya va obligatsiyalarga yo‘naltirdi. Natijada, oltinga bo‘lgan talab pasaydi. AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdo kelishuvi imzolanganini ma’lum qildi. Kelishuv tafsilotlari ochiqlanmagan bo‘lsa-da, Vashington Xitoy tovarlariga bojlarni 55 foizga, Pekin esa Amerika mahsulotlariga 10 foizga tushirishga rozi bo‘lgani qayd etildi. Analitik Vladimir Chernovning ta’kidlashicha, geosiyosiy barqarorlik himoyaviy aktivlardan chiqishga olib kelgan. Boshqa tahlilchilar esa oltin narxiga ta’sir qilgan Yaqin Sharqdagi xavf omili qisqarganini qayd etmoqda. Oltin narxining pasayishi 15-20 foizlik kechikkan korreksiya sifatida baholanmoqda. Chernov oltin narxi 3300 dollardan pastga tushganda keyingi qo‘llab-quvvatlash darajalari 3180-3220 dollar oralig‘ida bo‘lishi mumkinligini aytdi. Agar pasayish davom etsa, narx 3000 dollargacha tushishi mumkin. Citi tahlilchilari esa 2026 yilning ikkinchi yarmiga borib oltin narxi 2500-2700 dollar atrofiga tushishini prognoz qilmoqda. Bunga investitsion talabning pasayishi, iqtisodiy o‘sish istiqbollarining yaxshilanishi va AQSH Federal zaxira tizimi siyosatining yumshatilishi sabab bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Oltin narxi 30 maydan beri ilk bor pastga tushdi | Vaqt.uz