add

Oltin narxi keskin tushib, 6 foizga arzonlashdi

22.10.2025 | 11:005551

Oltinning bu narxi so‘nggi 12 yildagi eng katta bir kunlik pasayishdir.

Oltin narxi keskin tushib, 6 foizga arzonlashdi

Nyu York tovar birjasi (COMEX) ma’lumotlariga ko‘ra, 21 oktyabr savdolarida oltin narxi 6 foizga pasayib, bir troy unsiyasi uchun 4100 dollarni tashkil etdi. Bu 2013 yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.

Kumush narxi ham arzonlashdi, «Newmont» kabi yirik kon kompaniyalari aksiyalari keskin tushdi. Bloomberg agentligi yozishicha, bu holat asosan investorlarning foyda olish maqsadida oltin sotishi bilan bog‘liq.

Toshkent vaqti bilan soat 19:45 da pasayish sur’ati 6,12 foizga yetdi, kotirovkalar minimal 4093 dollarni ko‘rsatdi. Analitiklar fikricha, AQSH dollarining so‘nggi haftalardagi mustahkamlanishi ham oltin narxiga bosim o‘tkazgan.

«MKS Pamp» kompaniyasi tahlilchisi Nikki Shilsning ta’kidlashicha, narxlar haddan tashqari tez o‘sgani vaziyatni murakkablashtirgan: «Oltin olti hafta ichida 1000 dollarga qimmatladi — bu ortiqcha xarid holatini ko‘rsatadi, biz hozir ‘stratofera’ bosqichida turibmiz», dedi u.

Shuningdek, 16 oktyabr kuni oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiya uchun 4300 dollardan oshgan, 20 oktyabrda esa 4398 dollargacha ko‘tarilgan edi. Kumush narxi ham rekord darajalarni yangiladi.

Avvalroq AQSH va Xitoy munosabatlaridagi keskinlik hamda Federal zaxira tizimining siyosatni yumshatishiga oid kutilmalar natijasida avgustdan beri oltin va kumush narxlari rekord darajada o‘sib kelayotgan edi.

Teglar

Mavzuga oid