add

Oltin narxi rekordni yangiladi, kumush ham tarixiy cho‘qqida

04.09.2025 | 08:4018353

Comex birjasida 2025 yil dekabr oyida yetkazib beriladigan kumush fyucherslari 2011 yil sentyabrdan beri ilk bor troya unsiyasi uchun 42 dollardan oshdi. Buni savdo ma’lumotlari ko‘rsatmoqda.

Oltin narxi rekordni yangiladi, kumush ham tarixiy cho‘qqida

Toshkent vaqti bilan soat 19:17 holatiga ko‘ra, kumush narxi troya unsiyasi uchun 42,01 dollarga yetib, 1,19 foiz o‘sgan. 19:32 ga kelib qimmatbaho metall o‘sishini tezlashtirib, bir unsiya uchun 42,115 dollarga (+1,31%) ko‘tarilgan.

Shu bilan bir vaqtda, 2025 yil dekabr oyida yetkazib beriladigan oltin fyucherslari ham 0,85 foizga qimmatlashib, bir troya unsiyasi uchun 3 627,1 dollarni tashkil etgan.

3 sentyabr kuni oltin narxi rekordlarni yangiladi. Bozordagi davom etayotgan noaniqlik va investorlarning AQSH Federal zaxira tizimi sentyabr oyida foiz stavkalarini pasaytirishiga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganligi sababli xavfsiz aktiv hisoblangan oltinga talab oshmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Kecha Toshkent vaqti bilan soat 14:14 holatiga ko‘ra, oltinning spot narxi 0,18 foizga ko‘tarilib, bir troya unsiyasi uchun 3.539,46 dollarni tashkil etgan va sessiya davomida tarixiy yuqori ko‘rsatkich - 3.546,99 dollarga yetgan.

Bozordagi noaniqliklarga AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining federal apellyatsiya sudi noqonuniy deb topgan bojlar masalasini tezroq ko‘rib chiqishni so‘rab Oliy sudga murojaat qilish niyati haqidagi xabari qo‘shildi.

Teglar

Mavzuga oid