add

OLX Qozog‘iston 75 mln dollarga sotildi

22.10.2025 | 15:502842

Beeline Qozog‘iston OLX Group’dan OLX Qozog‘iston onlayn e’lonlar biznesining 100 foizini sotib olish to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

OLX Qozog‘iston 75 mln dollarga sotildi

VEON kompaniyasining Qozog‘istondagi operatsion bo‘linmasi — Beeline Qozog‘iston OLX Group’dan OLX Qozog‘iston onlayn e’lonlar biznesining 100 foizini sotib olish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda 21 oktyabr kuni xalqaro raqamli operator VEON Ltd. va OLX Group e’lon qildi.

Beeline matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bitim summasi 75 million dollarni tashkil etadi. Bitimni yakunlash muddati belgilanmagan. Kelishuv tartibga soluvchi idoralar tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Qozog‘istonda OLX’dan har oyda 10 million faol foydalanuvchi foydalanishi qayd etilgan. 2025 yil 30 iyun holatiga ko‘ra, platformada 3,6 million e’lon joylashtirilgan bo‘lib, oylik auditoriya mamlakatdagi faol internet foydalanuvchilarining 52 foizidan ortiqni tashkil etgan.

«Beeline Qozog‘iston raqamli xizmatlar ekotizimiga e’lonlar onlayn-maydonini integratsiya qilishdan katta sinergiya salohiyatini ko‘rmoqda. Mobil operator OLX KZ orqali mijozlarga raqamli xizmatlarning keng qamrovli va integratsiyalashgan to‘plamini taklif etishni va platforma yordamida yanada ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilishni rejalashtirmoqda», - degan Beeline Qozog‘iston bosh direktori Yevgeniy Nastradin.

OLX Group bosh direktori Kristian Gizining ta’kidlashicha, mazkur bitim kompaniyaning asosiy toifalar va ustuvor bozorlarga e’tibor qaratish strategiyasiga to‘liq mos keladi.

Beeline Qozog‘istonning OLX Qozog‘istonni sotib olish bo‘yicha bitimi tartibga soluvchi organlarning tasdig‘ini va yopilishning standart shartlari bajarilishini talab etadi.

Avvalroq, TBC Bank Group O‘zbekistondagi eng yirik onlayn e’lonlar platformasi — OLX Uzbekistan aksiyalarining nazorat paketini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Bitim Titan Investments xalqaro investitsiya holdingi bilan qo‘shma korxona orqali amalga oshirilgan. TBC nazorat paketini (50 foiz + 1 aksiya), Titan Investments esa qolgan ulushni oladi.

Teglar

Mavzuga oid