add

OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha yangi imkoniyat ishga tushdi

Bugun 10:451 daqiqa

Yangi funksiya bank, sug‘urta va telekommunikatsiya kompaniyalarining shaxsiy ma’lumotlarga kirishini cheklash yoki ruxsat berish imkonini beradi.

OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha yangi imkoniyat ishga tushdi © Foto: OneID

Raqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida OneID tizimida yangi imkoniyatlar ishga tushirildi.

​Endi OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni boshqa tizimlarga (bank, moliya, sug‘urta, telekommunikatsiya va boshqalar) taqdim etish yoki cheklash imkoniyati mavjud.

Buning uchun:

• Komputer orqali id.egov.uz saytiga o‘ting;

• Tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, buni bajaring;

• ERI (imzo) yoki Mobile-ID yordamida tizimga kiring;

• «Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limida xizmatni faollashtiring;

• Kerakli tashkilot qarshisidagi qulf belgisini oching yoki yoping.

Agar OneID tizimiga QR-kod orqali kirish usuli tanlasansa, «Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limi avtomatik faollashadi:

• Mobil qurilmada GooglePlay yoki AppStore orqali OneID ilovasini yuklab oling;

• Mobile-ID yoki MyID orqali tezkor avtorizatsiyadan o‘ting;

• Ilovaning quyi qismidagi skanerlash tugmasini bosing va komputer ekranidagi QR-kodni skanerlang.

Xabarga ko‘ra, ma’lumotlarga kirishni cheklash — bu kiberjinoyatchilikdan himoyalanishning eng samarali usulidir.

Teglar

Mavzuga oid