add

Oq uy 36 davlat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqlashni muhokama qilmoqda

16.06.2025 | 08:0017373

Donald Tramp ma’muriyati AQSH xavfsizligiga tahdid solayotgan davlatlar fuqarolarini mamlakatga kiritmaslik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ro‘yxatda 36 ta davlat nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Oq uy 36 davlat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqlashni muhokama qilmoqda
AQSH prezidenti Donald Tramp rahbarligidagi ma’muriyat 36 ta davlat fuqarolari uchun mamlakatga kirishni to‘liq yoki qisman taqiqlash imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi 15 iyun kuni AQSH Davlat departamentining ichki diplomatik telegrammasiga tayangan holda xabar berdi. Telegrammada davlat kotibi Marko Rubio imzosi mavjud. Hujjatda qayd etilishicha, AQSH xavotir bildirayotgan davlatlardan biri deb topilgan mamlakatlar 60 kun ichida bu xavotirlarni bartaraf etmasa, ularning fuqarolariga viza berishda cheklovlar qo‘llanilishi mumkin. Xususan, ayrim davlatlar fuqarolarining AQSHda terrorizm akti sodir etishda qatnashgani yoki antisemitik va antiamerikan faoliyat bilan shug‘ullangani qayd etilgan. Boshqa davlatlar esa o‘z fuqarolarini AQSHdan chiqarib yuborishga yordam bermagani, yoki shaxsni tasdiqlovchi ishonchli hujjatlar bilan ta’minlay olmasligi bois tanqid ostiga olingan. Shuningdek, ayrim davlatlar tomonidan beriladigan pasportlar Vashington tomonidan xavfsiz emas, deb topilgan. Ro‘yxatga kiritilgan davlatlar orasida Angola, Antigua va Barbuda, Gana, Kongo Demokratik Respublikasi, Kamerun, Misr, Suriya, Qirg‘iziston, Efiopiya va yana ko‘plab Afrika va Osiyo mamlakatlari bor. O‘zbekiston ro‘yxatda keltirilmagan. Taqiqlar qo‘llanilishi ehtimoliga qarab, bu mamlakatlardan keluvchi fuqarolar ikki oydan so‘ng AQSHga kirish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid