add

Oq uy Tramp nomzodini rasman Nobel tinchlik mukofotiga ilgari surdi

13.08.2025 | 18:0016083

AQSH prezidenti Donald Tramp «tinchlik prezidenti» sifatida bir qator mamlakat rahbarlari va hukumatlari qo‘llab-quvvatlagan holda Nobel mukofotiga tavsiya etildi.

Oq uy Tramp nomzodini rasman Nobel tinchlik mukofotiga ilgari surdi
Oq uy AQSH prezidenti Donald Tramp nomzodini Nobel tinchlik mukofotiga rasman ilgari surganini ma’lum qildi. Rasmiy bayonotda Tramp «tinchlik prezidenti» sifatida ta’riflandi. Tramp nomzodligini qo‘llab-quvvatlaganlar orasida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Kambodja bosh vaziri Hun Manet, Gabon prezidenti Bris Oligi Ngema, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Pokiston hukumati va Ruanda tashqi ishlar vaziri Oliviye Nduhungire bor. O‘tgan oy Pokiston Trampni Hindiston bilan nizoni hal etishga ko‘rsatgan sa’y-harakatlari uchun Nobel mukofotiga tavsiya qilishini bildirgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ham uning nomzodini rasman ilgari surganini ma’lum qildi. Avgust boshida esa Kambodja ham Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlash niyatini e’lon qilgan. Oq uy bayonotiga ko‘ra, ushbu qo‘llab-quvvatlashlar AQSH prezidentining xalqaro tinchlik va diplomatiyadagi sa’y-harakatlariga berilgan yuqori bahoni anglatadi. Nobel tinchlik mukofoti har yili xalqaro munosabatlarda tinchlikka hissa qo‘shgan shaxslar va tashkilotlarga beriladi. G‘olib nomi oktyabr oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid