
O‘qituvchi qo‘rquvi yoki buzuq tizim: maktablarda majburiy mehnat to‘xtamayotganiga sabab nima? — Fikr vaqti
21.08.2025 | 21:0039502
«Mehnat ta’tilidaman, lekin maktab ta’miri bilan yuribman: pol tozalayapman, devor oqlayapman, beton qoriyapman, yer ag‘daryapman, o‘t o‘ryapman...» So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilarining shu va shunga o‘xshash murojaatlari haddan tashqari ko‘payib ketdi.

Xo‘sh, o‘qituvchilar mehnat ta’tili yoki o‘z ishini qo‘yib, nega boshqalar qilishi kerak bo‘lgan yumushlarni bajarmoqda? Nega ular hamon jamiyatning eng himoyasiz, chorasiz qatlami sifatida qolyapti? Nega o‘qituvchilarni hatto konstitutsiya ham himoya qilolmayapti? Va nihoyat, matbuotda kunda-kunora chiqib turgan o‘nlab majburiy mehnat holatlari jazosiz qolishiga kim, qaysi tuzilma javob berishi kerak?
Navbatdagi dasturimiz o‘qituvchilarni qiynayotgan shu va boshqa savollar, muammolar tahliliga bag‘ishlandi. Dastur davomida shuningdek, chet tili o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan xorijiy til sertifikati atrofidagi bahsli vaziyat haqida ham gaplashdik.
Dastur mehmonlari – ta’lim masalalari tahlilchilari Mahmudjon Yo‘ldoshev, Iroda Azimova va Komil Jalilov bo‘ldi.
Videoni Youtubeʼda tomosha qiling:
👉https://youtu.be/XlyRGDk-tA0





