
Orban Ukraina uchun rejalashtirilgan YeI mablag‘ini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi
20.07.2025 | 18:008052
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqining 2028–2034-yillar uchun mo‘ljallangan 1,98 trln yevrolik byudjetiga qarshi chiqdi. Ushbu mablag‘ning 100 milliard yevroga yaqini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Orban bu mablag‘ Ukraina foydasiga yo‘naltirilsa, Vengriya fermerlari va iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Bryussel siyosatini — jumladan, urush, migratsiya va gender masalalaridagi yondashuvni — qo‘llab-quvvatlagan taqdirdagina Vengriya o‘z ulushini oladi. «Bu kabi shartlarni hech qachon qabul qilmayman», dedi u.
Orban byudjetga qarshi ovoz berishini rasman ma’lum qildi. Biroq bu safar uning pozitsiyasi qarorga ta’sir o‘tkazmaydi. Sababi, Yevropa Ittifoqi byudjeti malakali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ya’ni, Vengriyaning yolg‘iz qarshiligi byudjetni to‘xtatib qololmaydi.
Byudjet loyihasi 16 iyul kuni Yevropa komissiyasi tomonidan taqdim etildi. Yangi haftalik byudjet amaldagi 1,2 trln yevrolik davrdan ancha katta bo‘lib, 1,98 trln yevroga yetkazildi. Undan 100 milliard yevro Ukraina uchun ajratiladi.
Vengriya bu rejaga qat’iy qarshi. Orbandan tashqari, Vengriya Tashqi ishlar vazirligi ham loyihani ochiq tanqid qildi.





