add

OTB: O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 yilda 6,6 foizga o‘sishi kutilmoqda

05.10.2025 | 20:0411033

Osiyo taraqqiyot banki ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025 yil yakunlari bo‘yicha 6,6 foizga o‘sishi kutilmoqda, bu ko‘rsatkich mamlakatni qit’adagi yetakchi sakkizta iqtisodiyot qatoriga qo‘yadi.

OTB: O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 yilda 6,6 foizga o‘sishi kutilmoqda
Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) sentyabr oyidagi yangilangan iqtisodiy prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda 6,6 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich aprel oyida berilgan prognoz bilan bir xil. OTB ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat shunday o‘sish sur’ati bilan Osiyodagi sakkizinchi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyot sifatida qayd etilmoqda. Qit’ada eng yuqori o‘sish Kuk orollarida kutilmoqda, undan keyin 8,3 foiz o‘sish bilan Qirg‘iziston ikkinchi o‘rinda turadi. Tojikiston 7,4 foizlik ko‘rsatkich bilan beshinchi, Qozog‘iston esa 5,3 foizlik o‘sish bilan ro‘yxatning o‘rta qismida bo‘lishi taxmin qilingan. Shu bilan birga, tahlilchilar fikricha, O‘zbekiston iqtisodiyoti belgilangan prognozdan yuqori o‘sishi ehtimoldan xoli emas. Joriy yilning birinchi yarim yilligida yalpi ichki mahsulot 7,2 foizga o‘sdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 foiz bandga yuqori. Ekspertlar ayni paytda yalpi talab pasayishi yoki o‘sish sur’atining sekinlashishiga oid hech qanday signal mavjud emasligini ta’kidlamoqda, deb yozadi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev. Shuningdek, oltin narxi o‘sishda davom etmoqda — yilning dastlabki sakkiz oyida 8,5 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan. Bu ham iqtisodiy faollikning barqarorligini ko‘rsatadi. Shu sababli, yil so‘ngida iqtisodiy o‘sish 7,2 foiz atrofida shakllanishi ehtimoli katta. Agar bu prognoz amalga oshsa, O‘zbekiston Osiyoda eng tez o‘sib borayotgan oltinchi iqtisodiyotga aylanishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid