add

O‘tkir Yusupov JCH uchun katta shartnomadan voz kechdi — OAV

18.07.2025 | 19:208592

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov moliyaviy jihatdan manfaatli transferdan voz kechdi.

O‘tkir Yusupov JCH uchun katta shartnomadan voz kechdi — OAV
O‘zbekiston terma jamoasi va Eronning «Fo‘lod» klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov faoliyatida muhim qaror qabul qildi — u katta mablag‘ taklif qilingan shartnomadan voz kechib, o‘z jamoasida qolishni ma’qul ko‘rdi. Eronning yetakchi klublaridan biri — Tehronning «Istiqlol» futbol klubi Yusupovga rasmiy taklif yo‘llagan. Turli ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma moliyaviy jihatdan ancha manfaatli bo‘lgan. Biroq O‘tkir Yusupov jamoani o‘zgartirmay, Xuzistonning «Fo‘lod» safida qolishni tanlagan. Xabarlarda aytilishicha, bunday qaror ortida, futbolchining milliy terma jamoadagi o‘rni va Jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarligi turibdi. Yangicha muhitda moslashish murakkab kechishi mumkinligi sababli, Yusupov ustuvorlikni barqarorlik va tayyorgarlik sifatiga bergan.

Teglar

Mavzuga oid