add

OTM ta’lim dasturlarining baholash indikatorlari belgilandi

02.12.2025 | 11:111111 daqiqa

Oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlar tasdiqlandi.

OTM ta’lim dasturlarining baholash indikatorlari belgilandi

1-dekabr kuni Adliya vazirligi «Oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida»gi buyruqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, 6 ta yo‘nalish doirasidagi 31 ta mezon bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 190 ta indikator belgilab berildi.

8 ta (4.2 foiz) majburiy indikatorlar (mas’ul tarkibiy tuzilmani tashkil etishning aniq rejasi mavjudligi, talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda o‘quv xonalari bilan ta’minlanganlik va b.) hamda 182 ta (95.8 foiz) umumiy indikatorlar mavjud bo‘lib, «muvofiq» yoki «muvofiq emas» tarzida baholanadi.

Ushbu indikatorlarda fan mazmuniga mos xorijiy adabiyotlardan foydalanish, talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, qabul parametrlarini belgilashda axborot-resurs markazining imkoniyatlarini hisobga olish va boshqalar inobatga olinadi.

Bunda, 50 foizgacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq emas» deb topiladi. 50 foizdan 70 foizgacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «qisman muvofiq» bo‘ladi. Shu jumladan, 70 foiz va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq» deb topiladi.

Majburiy indikator «muvofiq emas» deb baholansa, umumiy natijadan qat’iy nazar, mezon «muvofiq emas» deb topiladi.

Teglar

Mavzuga oid