add

Ov qilayotgan millionerni buqa shoxlab o‘ldirdi

07.08.2025 | 10:4512182

Texaslik millioner ov vaqtida 1,5 tonna og‘irlikdagi buqaning hujumiga uchrab, voqea joyida halok bo‘ldi.

Ov qilayotgan millionerni buqa shoxlab o‘ldirdi
3 avgust kuni Janubiy Afrikaning Limpopo viloyatida amerikalik 52 yoshli milliarder Esher Uotkins ov paytida buqaning hujumiga uchradi. New York Post xabariga ko‘ra, Uotkins og‘irligi taxminan 1,5 tonna keladigan buqani nishonga olgan, ammo hayvon kutilmaganda u tomonga yo‘nalib, bir zarbada uni shoxlab o‘ldirgan. Esher Uotkins o‘zini ashaddiy ovchi sifatida ko‘rsatgan va bu faoliyatni tabiat muhofazasiga hissa deb bilgan. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida puma, antilopa va turli yovvoyi qushlar bilan tushgan ov tasvirlari joylangan. Uotkins Watkins Ranch Group nomli eksklyuziv rancholarni sotishga ixtisoslashgan kompaniya asoschisi bo‘lgan. Bu kompaniya AQSHdagi ayrim mulklarning bahosi 40 mln dollargacha yetishi bilan tanilgan. «Safari» tashkil qilgan kompaniya Uotkinsning yaqinlari va oila a’zolariga moddiy va ruhiy yordam ko‘rsatishini ma’lum qilgan. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, kapr buqalari jarohatlangan paytda ayniqsa xavfli bo‘ladi va ular 500 tagacha bo‘lgan to‘dalarda harakatlanishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Ov qilayotgan millionerni buqa shoxlab o‘ldirdi | Vaqt.uz